21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Aziz yurtdoshlar, professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Ona tili – millat ruhi, tarixi va kelajagi asosidir. O‘zbek tili – mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy tayanchi, xalqimiz birdamligining timsoli.
Bugungi kunda oliy va professional ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida davlat tilida ta’lim berish, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilmoqda.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz Vatandoshlar!
Hurmat bilan,direktori, professor: B.Erimbetov.