«Eng innovatsion ğoya» respublika tanlovining filial bosqiçi ötkazildi

Talabalarning innovatsion fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, yangi ğoya va loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda istiqbolli taşabbuslarni rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari örtasida «Eng innovatsion ğoya» respublika tanlovining filial bosqiçi ötkazildi.
Tanlovda iştirokçilar kreativ ğoyalari, muayyan muammoning innovatsion yeçimi, ğoyaning yangiligi, dolzarbligi va loyihani kelgusida amalga oşiriş imkoniyatlarini hakamlar hay’atiga namoyiş etdi.
Har bir iştirokçidan bilim va zukkolikni talab qiladigan tanlov yakunida;
1-örin – bazaviy stipendiya miqdorining 7 baravari;
2-örin – bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
3-örin – bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdorida rağbatlantirildi va eng yaxşi loyihalar tanlab olinib, ular tanlovning keyingi bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etiladi.
Filial matbuot xizmati.