Prezidentning nabirasiga yozilgan maktubda ilgari surilgan ezgu fikrlar filial jamoasida muhokama qilindi

Ba’zan birgina maktubda butun bir avlod uçun hayotiy saboq, katta ma’no va kelajakka işonç mujassam böladi. Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Sevimli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida yozilgan xat» nomli maktubida ilgari surilgan fikr-mulohazalarning mazmun-mohiyatini örganiş va talaba-yoşlar örtasida keng tarğib qiliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Unda filial direktori B.Erimbetov, Özbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi birlaşgan qömitasi raisi J.Ayapov hamda professor-öqituvçilar va talabalar iştirok etdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubida ham ta’lim oliş, vaqtni qadrlaş, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalaniş, qiyinçiliklarga qarşi matonatli böliş kabi har bir yoş uçun muhim hayotiy tamoyillar öz ifodasini topgan.

Xatda şunday deyiladi:
«Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimli bölib ösişingiz uçun ham dunyo böylab kezişimga, yangi-yangi şeriklar topişimga töğri keladi.» Bu sözlarda ta’limga yaratilayotgan imkoniyatlarning mohiyati, yoşlar kelajagi uçun olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mazmuni mujassam. Bugun bilim olayotgan, izlanayotgan, öz salohiyatini rivojlantirayotgan har bir yoş – ertangi taraqqiyot bunyodkori bölib yetişadi.

Maktubdagi yana bir hayotiy xulosa hammamiz uçun muhim:
«Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan holatda ham özida kuç topib, qayta tura olişda.» Bu muvaffaqiyat yölida duç keladigan sinovlardan çöçimaslik, xatolardan saboq oliş, öz maqsadingga işonç va qat’iyat bilan intiliş haqidagi da’vatdir.

Ilmga intiliş, vaqtni qadrlaş, mustaqil fikrlaş va matonat yoşlarning öz kelajagini barpo etişida eng muhim tayanç bölib xizmat qiladi.

Maktub yakunida bildirilgan ezgu tilaklar nafaqat birgina nabiraga, balki Özbekistonning barça farzandlariga qaratilgan, undagi har bir söz muvaffaqiyatga intilayotgan har bir yoş uçun şior, har bir qiyinçilik qarşisida kuç-quvvat beradigan işonç, har bir yangi kunni imkoniyatga aylantirişga undaydigan da’vat ekani bilan bir qatorda, faqat keng va tölqinlangan yuraklarda yaşaydigan bebaho mehrdir.
Filial matbuot xizmati.