Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida sportning yengil atletika turi bo’yicha sport musobaqasi bo’lib o’tdi

2020-yilning 8-noyabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport uinversiteti Nukus filialiga qarashli “Turon” markaziy stadionida Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida sportning yengil atletika turi bo’yicha sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada O’TSA “Orol” sport klubi a’zolari bo’lgan filial sportchi talabalaridan iborat jamoa ishtirok qilishdi. Musobaqa 100 metr, 200 metr, 400 metr, 800 metr, 3000 metr va 4×100 metrga estafa yugurish bo’yicha filial talabalari o’z imkoniyatlarini sinab ko’rishdi va musobaqa yakuniga ko’ra jamoaviy hisobda faxrli 3-o’rinni egallashdi. Sportchilarni musobaqaga filial o’qituvchilari M.Ramazanov va Q.Mambetqasimovalar tayyorlashdi.

 

M. Ramazanov

ÓzDJTSU Nukus filial “Orol” sport klubi boshlig’i