Bozataw tumani ochiq birinchiligi tashkil qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktyabr kungi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli farmonida “Sog’lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari sifatida: har bir oila, mahalla  va tumanda, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanishga shart-sharoitlar yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o’rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishta o’tkazish” belgilangan. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-noyabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Orol» sport klubi  Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi va boshqa ma’sul tashkilotlar bilan hamkorlikda «Jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish orqali zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish» nomli grant loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Bozataw  tumani Markaziy stadionida sportning yengil atletika turi bo’yicha bolalar va o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida Bozataw tumani ochiq birinchiligini tashkil qildi. Musobaqaga havaskor sportchi yoshlar va katta yoshdagi mahalla turg’inlari qatnashishdi. Musobaqa dasturiga binaon ishtirokchilar 1000 metr, 4×100 metrga estafeta yo’nalishlarida bellashishdi. Musobaqa yakunida g’oliblar sport klubi tomonidan diplom va estalik sovg’alar bilan tag’dirlanishdi.

 

M. Ramazanov

ÓzDJTSU Nukus filial «Orol» sport klubi boshlig’i