Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Taxtako’pir  tumani ochiq birinchiligini sport musobaqasini tashkil qilindi

Joriy yilning 10-noyabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Orol» sport klubi tomonidan «Jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish orqali zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish» nomli grant loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Taxtako’pir tumani Dawqara stadionida sportning yengil atletika turi bo’yicha bolalar va o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida Taxtako’pir  tumani ochiq birinchiligini sport musobaqasini tashkil qildi. Musobaqada havaskor sportchi yoshlar va katta yoshdagi mahalla turg’inlari 1000 metr, 4×100 metrga estafeta yo’nalishlarida bellashishdi. Musobaqa yakunida g’oliblar sport klubi tomonidan diplom va estalik sovg’alar bilan tag’dirlanishdi.

M. Ramazanov

ÓzDJTSU Nukus filial «Orol» sport klubi boshlig’i