Professor-O’qituvchilari hamda xodimlar o’rtasida sportning pnevmatik miltiqdan o’q otish turi bo’yicha sport musobaqasi tashkil qilindi
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida haftaning har shanba kuni “Salomatlik kuni” sifatida sport tadbirlarini tashkillashtirish belgilangan. Sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirish va ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish maqsadia joriy yilning 28-noyabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Orol» sport klubi filial raxbar va bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilari hamda xodimlar o’rtasida sportning pnevmatik miltiqdan o’q otish turi bo’yicha sport musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqa juda bellashuvga boy va raqobatga to’la bo’ldi. Kuchli raqiblar merganlik qobiliyatlarini nomoyon qilishdilar.
![]() |
![]() |
Musobaqa yakuniga ko’ra quyidagi sportchilar musobaqa g’oliblari bo’lishdi
Erkaklar o’rtasida
1-o’rin. Jiyemuratov Bahadir-38 ochko (Sport turlari fakulteti inspektori);
2-o’rin. Xamidov Sultan- 37 ochko (kuryer);
3-o’rin. Arzibelov Tolibay-29 ochko (Lobarant);
Qizlar o’rtasida esa :
1-o’rin. Allambergenova Bahargul- 24 ochko (assistent-o’qituvchi (inglis tili));
2-o’rin. Elmuratova Aysuliw- 16 ochko (filial dotsenti (sport psixologiyasi));
3-o’rin. Berdaxova Nursuliw- 14 ochko (filial assistent-o’qituvchisi (dzyudo));


