Zaynab Dayibekova qilichbozlarimizning tarixiy natijasini davom ettirdi

Toshkentda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo-Okeaniya litsenzion musobaqasining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval hamyurtimiz Zaynab Dayibekova musobaqada g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sportchimiz saralash davomida Tailand, Gong Kong vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Oltin medal va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Aygerim Saribaydan 15:6 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa, qilichbozlarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 3 taga yetdi. Qayd etish joiz, ushbu sport turida delegatsiyamiz ilgari uch Olimpiadada bittadan yo‘llanma olgan xolos. Dayibekova sablyachi qizlarimiz orasida Olimpiada ishtirokchisiga aylangan ilk qilichbozimiz sifatida tarixga kirmoqda.

 

Manba: Olympic.uz