Ta’lim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?
Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.
(https://lex.uz/docs/5586538) Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.
Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.
Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.
Manba:Edu.uz.