Yoshlar giyohvandlikka qarshi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotlariga koʼra, dunyoda 27 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʼliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʼlganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʼz yumadi. Eng achinarlisi, giyohvandlik ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʼladi.
|
|
|
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish”, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzularida targʼibot tadbiri bo’lib o’tdi.
|
|
|
Tadbirda M.Uteniyazov – Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi boʼlim boshligʼi, A.Matlyubov – Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ba xodimlari, N.Adilbekov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, N.Dauletmuratova – Respublika ixtososlashtirilgan narkalogiya ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali inspektori ba A.Jolaushiev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlar Qaziyati vakillari talaba-yoshlarga ular oʼz soʼzlarida insoniyat oʼz aqli, mehnati, bilim va iqtidori bilan yangidan-yangi choʼqqilarni zabt etayotganligi, ayni paytda dunyoda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid solayotgan xatarlardan biri – giyohvandlik illatining uchrashiga ham insoniyatning oʼzi sababchi boʼlayotgani gʼoyat achinarli hol ekanligini taʼkidladi. Giyohvandlik – ijtimoiy kasallik. Uning oldini olish, avvalo, mazkur xastalikning sabab boʼluvchi omillarini bartaraf etish, xususan, aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni sportga jalb etish va, albatta, yoshlarning maʼnaviy dunyosini umuminsoniy qadriyatlar va milliy gʼurur hissi bilan boyitish hamda boshqa koʼplab xayrli amallar bilan bogʼliq keng koʼlamli choralarni amalga oshirish kerakligini aytib o‘tdi.
Targʼibot kechasi davomida talaba-yoshlar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.
Filial Matbuot xizmati.



