SEMINAR TASHKIL ETILDI
O‛zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi chora-tadbirlari to‛g‛risida”gi PQ-2848 sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‛zbekiston Respublikasi oliy va o‛rta-maxsus ta‛lim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablag‛lari hisobidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2021-yil 2-noyabr kuni “AL Mar Consulting” MCHJ tomonidan taqdimot seminari tashkil etildi. Bunda filialning barcha xodimlari ishtirok etdi. Unda Qaraqolpoq davlat universiteti xalqoro aloqalar bóyicha prorektori A.Alimov so’zga chiqib, researchgate-linkedin haqida toliq malumot berib ótdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar qiziqqan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.