Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga 2021-yil 9-noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarori (https://lex.uz/docs/-5472291)ga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Manba;Edu.uz

Filial Baspasóz xızmeti.