Hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1164 ta sport maydonchalari tashkil etiladi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–5282-son, 05.11.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2021–2022 yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

 Qarorga muvofiq quyidagi sport musobaqalari har yili o’tkaziladi:

-yurish va yugurish bo’yicha – “Tashkent Marathon”, “Samarkand Half Marathon” va “Zaamin Ultra” xalqaro marafonlari, “Sky Camp Bostanliq” triatlon va yoga marafonlari, “Barcha rekordlar bizniki!” (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish bo’yicha “Yangi rekordlar sari!”;

-mini-futbol bo’yicha – “Yangi O’zbekiston yoshlarimiz”, “Sog’lom oila – Yangi O’zbekiston tayanchi” (oilaviy jamoalar o’rtasida) “Rahbar kubogi” (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o’rtasida);

-badminton bo’yicha – “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” (umumiy o’rta va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida), “Rahbar kubogi” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o’rtasida) va “Imkoniyatingizdan ko’prog’ini bajaring!” (aholining keng qatlamlari o’rtasida);

-stritbol va “Workout” bo’yicha – “Rekorddan – yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” (ta’lim muassasalari o’quvchi va talabalari o’rtasida), “Muhimi g’alaba qozonish emas, balki qatnashish!” (mahalla jamoalari o’rtasida), “Qishlog’ing uchun g’alaba qozon!” (qishloq jamoalari o’rtasida), “Sog’lom tanda – sog’lom fikr!” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o’rtasida).

Qarorga ko’ra, 2021–2025 yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1164 ta sport maydonchalari tashkil etiladi.

Manba: huquqiyaxborot.

Filial Baspasөz xыzmeti.