Davlat imtihonidan o’ta olmagan talabalarga imtihonni yiliga 2 marta qayta topshirishga ruxsat beriladi

Mazkur yangi tartibni belgilash to’g’risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug’i davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Unga ko’ra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o’ta olmagan shaxs keyingi har bir o’quv yilida (3 yil davomida) o’z arizasiga muvofiq,  2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega bo’ladi.

Oldingi tartib bo’yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o’ta olmagan taqdirda, keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi.

Filial Matbuot xiziati.