Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

«Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi

#yoshlar_forumi_2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 2019-yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishidagi 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash bo‘yicha  4-tashabbusta ko‘rsatilgan tashabbusning ijrosini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining iqtidorli, ilmga chanqoq talaba yoshlari o’rtasida «Zakovat» intellektual  o’yini bo’lib o’tti.

«Zakovat» intellektual  o’yiniga filialda taxsil olayotgan 1-kurs va 3-kurs talabalaridan tuzilgan jamoalari ishtirok etgan bo’lib, «Bigstep» jamoasi 1-o’rin, «Atletler» jamoasi 2-o’rin, «Chempion» jamoasi esa 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

G’olib jamoalar Diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Filial Matbuot xizmati.