Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

G’oliblar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi

#yoshlar_forumi_2021

2021 yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili davomida erishilgan natijalar sarhisobi va istiqboldagi rejalarni belgilash hamda Yangi O’zbekiston strategiyasini hayotga tadbiq etishta yoshlarning faolligini oshirishga qaratilgan «O’zbekiston yoshlar forumi-2021» haftaligi doirasida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida taxsil olayotgan talaba-yoshlar qiz va ug’il bolalar o’rtasida sportning shaxmat turidan musobaha bo’lib o’tdi.

Shaxmat o’yini yakunida qizlar orasida 1-o’rinni Sh.Erejepova, 2-o’rinni G.Jiyemuratova, 3-o’rinni K.Elmuratovalar egallashdi. O’g’il bolalar o’rtasida 1-o’rinni R.Bazarbaev, 2-o’rinni S.G’anijanov, 3-o’rinni U.Saparimbetovlar egallashdi.

Faol ishtirokchilar O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali “Shaxmat” terma jamoasi uchun tanlab olindi, g’oliblar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.