Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi 29 yoshda

1992-yil 10-dekabr “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Sana munosabati bilan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida o’tkazilgan tadbir O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbirda madhiyamiz O’zbekiston Qahramoni, shoir Abdulla Oripov she’ri, O’zbekiston xalq artisti Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilganligi, madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug’ umidi va mustahkam ishonchi teran ifoda etilganligi qayd etib o’tildi.Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir.

Har safar davlatimiz madhiyasi ostida yangi kunni, yangi tongni kutib olar ekanmiz, qalbimizda shu muqaddas Vatandan faxrlanish tuyg’ulari jo bo’ladi. Ushbu qo’shiqning chuqur ma’noga ega har bir satri, mardonavor va sohir ohangi bizni xamisha o’ziga maftun etib keladi.

Filial Matbuot xizmati.