Talaba va ijaraga qo’yuvchi xonadon egasi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida kundizgi va sirtqi bo’limda jami 983 nafar tahsil olayotgan talabalar bor. Shundan 204 nafar talaba ijarada yashaydi. Ulardan 12 nafar talabaning ijara to’lovlarining 50 foiz pullari davlat mablag’lari hisobidan qoplab berildi. Qolgan talabalar esa soliqda muammolar borligi va hujjatlarni to’liq taqdim etmaganligi sabab kutib turibdi.

Mazkur ijarada yashovchi talabalarning daromad solig’i borasidagi muammolar filial xodimlari tomonidan talaba va ijaraga qo’yuvchi xonadon egasi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda va muammo bartaraf etilmoqda.

Filial matbuot xizmati.