Bahorgi semestrga qayta tiklash bo’yicha ariza topshirish – har yili 15 yanvardan 25 yanvarga qadar davom etadi

Talabalar o’qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo’yicha ariza topshirish – har yili 15 yanvardan 25 yanvarga qadar davom etadi (https://lex.uz/docs/3244181). Arizalar 25 yanvardan 15 fevralgacha ko’rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Talabalar safidan chetlashtirilganlar o’qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo’nalishiga ko’chirish uchun ariza berishi mumkin. O’qishga qayta tiklash to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar o’qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

– etimlar, I va II guruh nogironligi bo’lganlar;

– muddatli harbiy xizmatni o’tagan (zaxiraga bo’shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;

– davlat buyurtmasi bilan xorijga o’qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

Filial Matbuot xizmati.