TALABALAR VA ULARNING YAQINLARI DIQQATIGA!!!

Ma’lumki, joriy oʻquv yili uchun belgilangan qishki ta’til davri 24-yanvarga qadar uzaytirildi. Shu bilan bir qatorda talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib berilmoqda.

Ammo ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali vokzallardagi temiryoʻl kassalarida katta navbatlar yuzaga kelgani va bu esa temiryoʻl kassalarida chipta sotuvida ayrim noqulayliklar keltirib chiqarayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Shu sababli talabalar va ularning yaqinlariga murojaat qilmoqchimiz!

Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham, 11-yanvargacha boʻlgan davrga xarid qilingan avia va temiryoʻl chiptalarini bepul tarzda almashtirib berish muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirilganini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

Shunday ekan, aziz talabalar, hurmatli ota-onalar 24-yanvarga qadar zaxirangizda qariyb 17 kun bor.

Barcha talabalarning 11-yanvargacha boʻlgan davrga xarid qilingan temiryoʻl chiptalari toʻliq bepul tarzda almashtirib beriladi. Ehtiyojdan kelib chiqib, qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar qatnovi ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, siz chiptalarni joylardagi (shahar, tuman) temiryoʻl kassalaridan ham almashtirish imkoniga egasiz.

(https://t.me/uzrailways_uz/130)Shularni hisobga olgan holda, sizdan chipta kassalarida uzoq navbatlarda turib, vaqtingizni behudaga sarflamasligingizni soʻraymiz.