Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan «perevod» qilish to‘g‘risida FAKE XABAR tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan «perevod» qilish to‘g‘risida FAKE XABAR tarqalmoqda.

Ushbu fake xabarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi nomidan xorijdan oʻqishini koʻchirmoqchi bo‘lgan talabalar hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini O‘zbekistonga koʻchirishga ruxsat berilishi va perevod uchun barcha hujjatlar 15-fevralgacha qabul qilinishi bildirilgan.

Avvalo bu kabi xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz (rasmdagi 2020-yilgi xabar).

Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

To‘g‘ri tushunamiz, axborotni birinchi boʻlib ommaga tezkor yetkazish – davr talabi. Ammo har qanday xabarni emas, balki tekshirilgan, asoslangan maʼlumotlarni eʼlon qilish – eng muhim jihat va jurnalistikaning “oltin qoida”si ekanini yana bir bor eslatib oʻtamiz!

Shu bilan birga asossiz va yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun qonunlarimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilanganini unutmang!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati