Oliy ta’lim muassasalari talabalarini koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan (https://t.me/ssvmatbuotkotibi/7672). Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi. Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi. Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi. Mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.

Edu.uz