«EL-YuRT UMIDI» JAMG’ARMASI STIPENDIYALARGA TANLOV E’LON QILADI

«EL-YuRT UMIDI» jamg’armasi chet el oliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktorantura dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga tanlov
E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «EL-YuRT UMIDI» jamg’armasi chet el oliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka o’tash, magistratura va doktorantura dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga tanlov
E’LON QILADI

Jamg’arma stipendiyalari belgilangan tartibda quyidagi dasturlarga ajratiladi:

xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga — 2 oygacha muddatga;

xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va boshqa tashkilotlarda stajirovka o’tashga — 6 oygacha muddatga;

etakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura dasturi asosida ta’lim olishga — 1-2 yil mobaynida;

doktorantura dasturi bo’yicha — 1- 4 yil mobaynida.

Jamg’arma stipendiyalari tanlovdan o’tgan shaxslar (stipendiatlar)ga quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda stipendiatlarni o’qitish qiymati to’lovi;

stipendiatlar tomonidan viza olish (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonalari talabiga ko’ra tibbiy ko’rikdan o’tish xarajatlari);

stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan ta’lim olish joyiga etib borish uchun yo’lkira xarajatlari (ikkala tomonga, yiliga bir martagacha);

xorijiy mamlakatda ta’lim olish davrida stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;

zarur o’quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish, shu jumladan darsliklar xarid qilish, ilmiy maqolalar chiqarish, maqolalar va ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna bo’lish (ta’lim olish dasturi boshida bir martalik to’lov);

xorijda ta’lim olish davrida stipendiatlarni tibbiy sug’urtalash; 

Jamg’arma Vasiylik kengashi qaroriga ko’ra xorijda ta’lim olish bilan bog’liq stipendiatlarning boshqa xarajatlari.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

magistratura dasturlari bo’yicha — 23 yoshdan katta va 40 yoshdan kichik bo’lgan, shuningdek, ilgari o’xshash mutaxassislik bo’yicha xorijda magistraturada tahsil olmagan bulishi;

doktorantura dasturlari bo’yicha — 25 yoshdan katta va 45 yoshdan kichik bo’lgan, shuningdek, avval PhD yoki fan doktori ilmiy darajasini olmaganlar;

malaka oshirish va stajirovka o’tash dasturlari bo’yicha — 25 yoshdan katta va 50 yoshdan kichik bo’lgan, shuningdek, Jamg’arma dasturlaridan biri asosida so’nggi uch yil mobaynida xorijda ta’lim olmagan bulishi;

xorijda ta’lim olish uchun tanlangan mutaxassislik bo’yicha barcha dasturlar uchun 2 yildan kup mehnat tajribasiga, shu jumladan pedagogik faoliyatga ega bulganlar.

Xorijda ta’lim olish uchun tanlov davlat va/yoki rus tilida o’tkaziladi.

Xorijiy til bo’yicha test sinovlari ta’lim olinadigan mamlakat tili yoki ingliz tilida o’tkaziladi (agar qabul qilayotgan xorijiy oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada o’qitish ingliz tilida olib borilsa).

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati:

tegishli namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka (anketa);

ta’lim olish shakli va yo’nalishi ko’rsatilgan holda belgilangan namunadagi komissiya raisi nomiga ariza (1-ilova);

3,5 x 4,5 o’lchamidagi 2 dona rangli fotosurat;

oliy ta’lim muassasasini tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;

mehnat daftarchasi nusxasi;

pasport nusxasi;

belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma;

chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud bo’lsa.

sudlanmaganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

nomzodning hujjatlar taqdim qilish bo’yicha chek-list (2-ilova).

Xorijda magistratura dasturi bo’yicha ta’lim olishga nomzodlar yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha tarzda quyidagilarni taqdim qiladilar:

diplomning ilovasi nusxasi;

xorijiy ta’lim yoki ilmiy muassasaga qabul qilish to’g’risidagi hujjat («Letter of acceptance»), agar mavjud bo’lsa;

nomzodning O’zbekistonda va xorijda e’lon qilingan maqolalari ro’yxati va ularning elektron variantlari (mavjud bo’lsa);

xorijda ta’lim olish maqsadi va ta’lim olish tugagandan so’ng olingan bilimlarni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish);

Xorijda doktorantura dasturi bo’yicha ta’lim olishga nomzodlar  yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha tarzda quyidagilarni taqdim qiladilar:

diplomning ilovasi nusxasi;

xorijiy ta’lim yoki ilmiy muassasaga qabul qilish to’g’risidagi hujjat («Letter of acceptance»), agar mavjud bo’lsa.

ushbu sohani rivojlantirish yoki O’zbekistonda natijalarni qo’llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to’g’risida tegishli ilmiy yoki oliy ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyaviy xati;

nomzodning O’zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro’yxati va ularning elektron variantlari;

rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadlari, usullari va natijalari, ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari to’g’risidagi esse (yozma ish);

Nomzodlarning hujjatlarini TKTI XALKARO XAMKORLIK BULIMIga  yildan kechiktirilmagan xolda topshirilishi shart.

Filial Matbuot xizmati.

Batafsil ma’lumot uchun:

http://eyuf.uz/uz