Seminar-treninglarda professor-o’qituvchilar faol qatnashmoqda

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va spor universiteti Nukus filiali professor-o’qituvchilari uchun kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha qisqa muddatli seminar-trening tashkil etilmoqda.

Seminar-treningda kredit-modul (HEMIS) dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modul tizimida o’quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, kredit-modul tizimini raqamlashtirish, kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi kredit-modul tizimining muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda.

Seminar-treninglarda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashmoqdalar.

Kredit-modul tizimi asosida o’quv jarayonlarini tashkil etish to’grisidagi kursni  “Sport turlari” fakultetining o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Baxtiyar Tayrov olib bordilar.

 Eslatib o‘tamiz, o‘quv kurslari 24-yanvarga qadar belgilangan reja asosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Filial Matbuot xizmati.