Texnikum bitiruvchilarini OTMga suhbat asosida o’qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022 y.) bilan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi (https://teletype.in/@huquqiy_axborot/-k33hueOKiC).

O’qishga qabul qilish to’lov-kontrakt asosida amalga oshirilib, to’lov miqdori bir talabani o’qitish bilan bog’liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o’qish davrida o’quv semestrlari yakuniga ko’ra o’zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o’zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo’lgan bitiruvchilar kiradi.

Nizomga ko’ra, 2021/2022 o’quv yilidan bitiruvchilarni OTM bakalavriat ta’lim yo’nalishiga kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

Filial Matbuot xizmati.