Talaba va o’quvchilar uchun avia hamda poezd chiptalari bo’yicha imtiyozlar saqlab qolinadi

 

Karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi

SSV axborot xizmati xabar berishicha (https://t.me/ssvmatbuotkotibi/7894), Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda o’quvchilari uchun avia hamda poezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi.

Bunda, Transport vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari tomonidan avia hamda poezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.

Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yo’lga qo’yiladi.

Umuman, hech bir o’quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi.

Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infektsiyasining “Omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi.

Filial Matbuot xizmati.