O’zbekiston voleybol federatsiyasiga 1992 yilda asos solingan


Har yili muntazam ravishda voleybol bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazib kelinadi. Qolaversa, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Ayni vaqtda turli yosh toifasidagi mamlakat terma jamoalari tarkibi a’zolari 154 nafarni tashkil etadi.

2017 yilda Eronda o’tkazilgan klublar o’rtasida Osiyo chempionati bahslarida vakillarimiz 9-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, 2018 yil Xitoyda tashkil etilgan o’smir qizlar o’rtasida Osiyo chempionatida faxrli 5-o’ringa sazovor bo’lgan.

2019 yili Nepalda o’tkazilgan Markaziy Osiyo hududiy musobaqasida 2-o’rin, 2021 yili o’smir qizlar o’rtasida Markaziy Osiyo chempionatida 1-o’rin, erkaklar o’rtasida Osiyo chempionatida 12-o’rin, klublar o’rtasida Osiyo chempionatida 9-o’rin, Markaziy Osiyo chellenj kubogida ayollar 2-o’rin, erkaklar terma jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

O’zbekiston hozirda Osiyo voleybol konfederatsiyasi reytingida 64 ta davlat orasida 24-o’rinni egallab turibdi. Jahon reytingida esa ayollarimiz 120-o’rinda borayotgan bo’lsa, erkaklar termamiz 222ta davlat orasida 87-pog’onadan joy olgan.

Yurtimizda voleybol bilan shug’ullanuvchilarning umumiy soni 48 618 nafarni tashkil etmoqda. Hakamlar – 115 nafar, trenerlar esa 790 nafarni tashkil etadi.

Joriy yil erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionatida 14 ta, ayollar o’rtasida mamlakat chempionatida 9 ta jamoa bahslarga kirishdi.

 

Manba: Edu.uz