Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish maqsadida

 2022 yil 15 fevral sanasida  Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharq davlat jismoniy tarbiya akademiyasi va O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali bilan ta’lim va fan sohasida hamkorlik ishlarini olib borish maqsadida onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Ushbu onlayn uchrashuvda mutaxassislar oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning ahamiyatlari xususida to’xtalib o’tishdi.

    Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi – Rossiya va O’zbekiston oliy o’quv yurtlari o’rtasida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, soha mutaxassislarining malakasini muntazam takomillashtirish, jismoniy tarbiyava sport sohasi bo’yicha nufuzli xalqaro jurnallarda  tadqiqot natijalarini e’lon qilishda o’zaro hamkorlik qilishdan iborat bo’lib, mutaxassislar kelgusida ushbu yo’nalishlarda hamkorlikda faoliyat olib borish uchun istiqbolli vazifalar belgilab oldi.

Filial Matbuot xizmati