Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

“MUYNAK INNOVATION FORUM” forumida filial professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari ham faol qatnashmoqda

Keng jamoatchilikni fan va texnika sohasidagi yangi texnologiyalar bilan tanishtirish,  innovatsion texnologiyalarni ommaviy qo’llash ko’lamini kengaytirish uchun homiylarni jalb qilish, fan va texnikaning turli sohalarini, shu jumladan, ekologik innovatsiya sohasini rivojlantirish, kichik tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni rag’batlantirish, oliy ta’lim maskanlari professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida ilmiy-texnik ma’lumotlar almashinuvini yo’lga qo’yish,  yosh tashabbuskorlar uchun motivatsion suhbat o’tkazish maqsadida joriy yilning 26 fevral kuni Mo’ynoq tumani Madaniyat va «Future Muynak» markazida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan “MUYNAK INNOVATION FORUM” forumi va “Yosh innovatorlar” ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Ko’rgazmaga O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari ham faol qatnashmoqda.

Forum doirasida yoshlar, ilmiy kashfiyotlar mualliflari, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari o’z yutuqlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari, forum ishtirokchilarining zamonaviy texnologiyalar va axborot dasturlari, mobil ilovalari prezentatsiyalari, chiqishlari tashkil qilinadi.

Forum natijasi bo’yicha yoshlarni va olimlarni qo’llab quvvatlash maqsadida ilmiy maqolalar kitobini chop etish rejalashtirilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.