Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlarin O’zbek xalqinining sadoqat va vafo timsoli bo’lgan Zulfiyaxonim hayot yo’li va ijodi bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, shoira ijodini keng targ’ib qilish hamda shunday fidoiy va irodali ayol timsolida har bir o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini ko’rsatib berish  orqali talaba-qizlarni ma’naviy-axloqiy, estetik jihatdan kamol toptirish, muomala madaniyati mezonlari  hamda oilaviy hayotga tayyorlash, eng muhimi ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish maqsadida 2022-yilning 2-mart sanasida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan  tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’lim boshlig’i B.Sabirov kirish soʻzi bilan ochib berib,  yigʻilganlarni bahor ayyomi bilan qutladi. Undan so’ng filial direktorining Xotin-qizlar masalalari bo’yisha maslahatchisi B.Allambergenova so’zga chiqib u o’z so’zida Zulfiyaning tom ma’noda bahor, nafosat va go‘zallik kuychisi ekanligini o’z ma’ruzasida qayd etdi. Filialimizning iqtidorli talabalari tomonidan shoiraning hayoti va ijodi asosida sahna ko‘rinishlari tayyorlandi. Tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga hush kayfiyat ulashdi.

Talaba qizlar ijrosidagi shoira she’rlaridan iborat mushoira va diltortar kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.