Jangchi-faxriy veteranlar bilan filial yoshlari uchrashuvi bo’lib o’tdi

Afg’oniston hududida bo’lib o’tgan harbiy harakatlar tugatilganligining 33 yilligi munosabati bilan yoshlarni vatanpavalik ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi tinichlik-osoyishtalikni qadrlash, bu aziz ne’matni asrab-avaylash kabi ulug’vor tuyg’ularni yanada mustahkamlash maxsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali majlislar zalida Qoraqalpog’iston Respublikasi «VETERAN» jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bo’limi veteranlari bilan filial talaba – yoshlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi «VETERAN» jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bo’limi veteranlari A.Bekmuratov, O.To’reniyazov va Z.Allanazarovlar so’zga chiqib, ular o’z so’zida Afg’oniston hududida bo’lib o’tgan harbiy harakatlar haqida gapirib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, bu aziz ne’mat ekanligini aytib o’tdi.

Tadbir so’ngida Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist D.Xojabergenov tomonidan qo’shiqlar kuylandi.

Talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga jangchi-faxriy veteranlardan jabovlar oldi.

Filial Matbuot xizmati.