Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Har bir viloyatda 1-3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralari ko’riladi

“Qaysi hokim yoki rektor bo’sh ish o’rinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish bo’yicha ishlagan? Hozircha, bu savolga ijobiy javob yo’q.

Hokim va rektorlar, bir narsani bilinglar – ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart”, dedi Prezident yig’ilishda.

Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Hokimlar ham rektorlar bilan birga hududlarda shunday komissiyalar tashkil etadi.

Komissiya:

– viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga har bir oliygoh kesimida “talabalar balansi”ni aniqlab oladi;

– vakant o’rinlarini tahlil qilib, har bir viloyat bo’yicha 1, 2 va 3-kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko’radi;
– bitiruvchi kurslar talabalarini esa hokim, rektor va korxonalar bilan birgalikda kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to’lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.

Filial Matbuot xizmati.