OTMdagi bo’sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish choralari ko’riladi

Davlatimiz rahbari bu borada tashkil etilishi lozim bo’lgan ishlarni belgilab bermoqda.

Eng avvalo, OTMlardagi bo’sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, to’garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Prezident Farg’ona davlat universiteti va Andijon qishloq xo’jaligi institutini misol qilib keltirdi. Jumladan FarDUda:

– umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tashkil etilib, ularda 125 nafar;

– adras, milliy kiyimlar, kulolchilik tsexlari, dorivor o’simliklardan shifobaxsh damlamalar tayyorlashda 18 nafar;

– “Do’stlik”, “Oqbilol” agrouchastkalari va Quvasoy shahridagi o’quv poligonlarida chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik hamda biogumus etishtirish yo’lga qo’yilib, 36 nafar talabaning bandligi ta’minlangan.

Filial Matbuot xizmati.