Talabalar bandligini ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi

– OTMlar hududida pullik o’quv kurslari, sport to’garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig’idan ozod qilinadi;

– talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi;

– rektorlar bir oy muddatda o’z hududida talabalar bo’sh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etadi.

Rektorlar oldiga oliygohlardagi boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi lavozimlari bo’yicha mavjud vakant joylarga 3 mingdan ziyod talabani ishga olish vazifasi qo’yildi.

Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida 70 nafar talaba ish yurituvchi, kafedra laboranti, kutubxonachi, omborchi kabi lavozimlarda ishlamoqda.

Hozir oliygohlardagi ko’p lavozimlarga oliy ma’lumot bo’lishi talab etiladi. Shu bois, istisno tariqasida, rektorlarga o’z tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etiladi.

Filial Matbuot xizmati.