Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Davlatimiz rahbari yana bir dolzarb masalaga to’xtaldi.

“Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko’rayapmiz”, dedi Prezident.

Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yo’nalishlarida o’qishmoqda.

Oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.

Komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni o’zimizdagi oliygohlarda o’qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Bunda, Komissiya o’qishni O’zbekistonda davom ettirish istagi bo’lgan talabalarni soddalashgan tartibda ko’chirishni hal etadi.

 Yig’ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha rahbarlari va hokimlarning axboroti tinglandi.

Filial Matbuot xizmati.