Yoshlar – jaholatga qarshi

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimiz turli g‘oyaviy xurujlarning nishoniga aylanmoqda. Internet tarmog‘i orqali diniy ekstremistik g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari yoshlarimiz ongiga o‘zlarining g‘oyalarini singdirishga o‘rinmoqdalar. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Dunyoviy davlat va maʼrifat” va “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi.


Qoraqaqalpog’iston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo’limi targ’ibotchisi Sh.Ayapov “Dunyoviy davlat va maʼrifat” va “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi davra suhbatida xalqimizda, ayniqsa yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida soha mutaxassislari bu kabi salbiy tahdidlarning oldini olish, ularga qarshi maʼrifat bilan kurashish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbirda maʼnaviyati yuksak, o‘zining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mahkam tutgan xalqni hech bir kuch yenga olmasligi, yoshlar ko‘p kitob mutolaa qilishi kerakligi takidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilardan kelib tushgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.

Filial Matbuot xizmati