Shahobiddin Zoirov Angliyada g‘alabani tantana qildi

Angliyaning Esseks shahrida 11 mart kuni o‘tkazilgan professional boks oqshomi o‘zbekistonlik boks ishqibozlari uchun quvonchli kechdi.

Ko‘hna qit’ada o‘tgan mazkur boks kechasida Rio olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov angliyalik Brett Fidoe bilan 10 raundlik jang o‘tkazdi.

Angliyalik boks ishqibozlarining shovqin-suroni ostida shiddatli kechgan uchrashuv to‘liq davom etdi va unda Zoirov Fidoeni ochkolar hisobida mag‘lub etdi.

Bu yutuq iste’dodli charm qo‘lqop ustasining professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasi bo‘lib rasmiy statistikada qayd qilindi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA