Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
[:en]NUKUS BRANCH
OF THE UZBEK STATE
UNIVERSITY OF PHYSICAL
EDUCATION AND SPORT[:ru]НУКУССКИЙ ФИЛИАЛ УЗБЕКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА[:qq]ÓZBEKSTAN MÁMLEKETLIK DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT UNIVERSITETI NÓKIS FILIALÍ[:uz]O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI[:]

Og‘ir atletika: Olimpiya va jahon chempionlari Xivada

Bugun, 14 mart kuni mamlakatimizning eng kuchli og‘ir atletikachilari Xivada jam bo‘ldi.

Ular orasida Rio Olimpiadasi g‘olibi Ruslan Nurudinov, Tokio Olimpiadasi chempioni Akbar Jo‘rayev shuningdek, yoshlar, o‘smirlar hamda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligiga erishgan Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Kumush Fayzullayeva kabi o‘nlab iste’dodli sportchilar bor. 

Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan musobaqa dasturiga muvofiq, bugun kun mobaynida sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hakamlar yig‘ilishi kabi tadbirlar o‘tkaziladi. 

Ertadan esa o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslariga start beriladi. Eslatib o‘tamiz, 15-18 mart kunlari o‘smirlar, 19-21 mart kunlari esa kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, chempionat kunlari Xorazm viloyatidagi bir qator sport maktablarida, jamoalarda, mahallalarda olimpiya va jahon chempionlari bilan davra suhbatlari, master-klass mashg‘ulotlari tashkil etiladi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA