Abiturientlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

2022/2023 yil o’quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so’nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo’shiladi (https://t.me/huquqiyaxborot/10735). Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o’rtacha ko’rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig’indisini o’qitilgan fanlarga bo’lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o’tkaziladi:

👉 86–100 % uchun – 5 baho;
👉 71–85 % – 4 baho;
👉 56–70 % – 3 baho va 56 % gacha – 2 baho.

Filial Matbuot xizmati.