KONTRAKT TO’LOVLARI 1 APRELGA QADAR UZAYTIRILDI

Ko’pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo’yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2021/2022 o’quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilar o’qishi uchun  kontrakt miqdorini to’lashning so’nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

to’lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

 to’lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o’quvchilikka tavsiya etilganlar;

tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

 o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Bungacha ushbu muddat 1 martga qadar uzaytirilgan edi.