Filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi

Ta’lim sifatini oshirishga to’sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, sifat va samaradorlik ko’rsatkichlarini orttirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i Ulug’bek Tashkenbaev O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bo’ldi.

U tashrifi davomida filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Filialda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashdi va axborot-resurs markazida professor-o’qituvchi va talaba-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi va o’zining fikrlarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.