“O’zbekistonda oliy ta’lim” jurnali ta’sis etildi
– Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi “O’zbekistonda oliy ta’lim” deb nomlangan yangi ilmiy jurnal faoliyatini yo’lga qo’ydi.
– Ijtimoiy, ilmiy-ommabop jurnal yangi formatda, yiliga 4 marta o’zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
– Jurnalning ilk soni Navro’z bayrami arafasida chop etilib, mutolaa uchun keng jamoatchilikka taqdim etilishi ko’zda tutilgan.
– Unda oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, amaliyotga joriy qilinayotgan tadqiqotlar, xorijdagi ta’limning o’ziga xosliklari, akademik olimlar-u yosh izlanuvchilarning ilm-fan rivoji borasidagi takliflari, tahlillari va yutuqlari o’rin oladi.
ÓzMDTSU Nókis filialı Baspasóz xızmeti.