Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

“JCH-2022” homiylari va hamkorlari e’lon qilindi

Xalqaro Futbol federatsiyasi (FIFA) joriy yil Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatining rasmiy homiylari ro‘yxitini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “QatarEnergy”, “Crypto.com” va “BYJUʼS” “JCH-2022″ning rasmiy homiylari, deya e’tirof etildi.
Xabarda keltirilishicha, tabiiy gaz ta’minotchisi bo‘lgan “QatarEnergy” kompaniyasi Jahon chempionatini o‘tkazish borasida FIFAga hamkorlik qiladi.

Shuningdek, joriy yilning 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar futbol maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatini har tomonlama yuqori darajada tashkil etish, uning turli yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida “Qatar Airways”, “Adidas”, “Coca-Cola”, “Wanda”, “Hyundai” va “VISA” kompaniyalari o‘z xizmatlarini ko‘rsatishadi.

 O‘zA