Moskva davlat mintaqaviy universiteti bilan hamkorlik

Joriy yilning 28 mart kuni Moskva davlat mintaqaviy universiteti va O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o’rtasida ZOOM orqali uchrashuv o’tkazidi.

Onlayn uchrashuvda Dmitriy A. Kulikov, dotsent, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, Moskva davlat mintaqaviy universiteti tibbiyot fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, Moskva davlat mintaqaviy universiteti rektorining Bosh yordamchisi Tixonov Andrey Ivanovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, fanni rivojlantirish kafedrasi mudiri Zhuravina Ekaterina Yakovlevna, fanni rivojlantirish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Mixalina Olga Anatolevna, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Tonsheva Svetlana Valerevna  va O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maxsetbay Aytimbetov, O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, tarix fanlari nomzodi Baxram Utemuratovlar o’rtasida hamkorlik ahamiyatlari xususida to’xtalib o’tishdi.

Hamkorlikning  asosiy maqsadi Moskva davlat mintaqaviy universiteti va O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o’rtasida  ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va elektron kutubxona tizimidan to’liq foydalanishdan  iborat.

Shartnoma doirasida zamonaviy o’qitish uslublari va tizimlaridan foydalanish va ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo’llash, o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashish, o’qituvchilar, xodimlar, doktorantlar va magistrantlar uchun qisqa muddatli ilmiy va o’quv amaliyotlari va malaka oshirishni tashkil etish, ilmiy anjumanlar va ilmiy seminarlar va boshqa tadbirlar to’g’risida ma’lumot almashish kabi bir qator vazifalar belgilab olingan.

Filial Matbuot xizmati.