Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan «perevod» qilish haqida soxta hujjat tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o’qishni ko’chirish bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi  o’rinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas, yolg’on.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

Har xil soxta axborotlarga ishonib qolmasliklaringizni yana bir bor so’rab qolamiz va oliy ta’lim muassasasiga o’qishni ko’chirishga doir har qanday xabarning haqiqiyligini avval vazirlikning telegramdagi @eduuz rasmiy kanali orqali tekshirib ko’rishingizni tavsiya etamiz.

Shu bilan birga, asossiz va yolg’on axborotni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o’tamiz.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.