Zaynab Dayibekova jahon chempionatida bronza medalini qo’lga kiritdi

Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli o’tdi.

Qizlar o’rtasida sablya dasturida bahs olib borgan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Psixologiya (sport) yo’nalishi 2-bosqich talabasi «2021 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo’lib o’tadigan XXXII yozgi Olimpiya o’yinlari litsenziyasini qo’lga kiritgan Zaynab Dayibekova Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni bronza medalini qo’lga kiritdi. Yarim finalda amerikalik Magda Skarbonkevishga qarshi bahsda vakilamiz imkoniyatni boy berib qo’ydi.

Biroq ushbu bosqichgacha etib kelgani unga bronza medalini taqdim qiladi.

Shuningdek, bugun kun davomida Sherzod Mamutov, Pozilbek Genjebaev, Boburjon Rasulov kabi vakillarimiz ham o’z chiqishlari bilan yaxshi taassurot qoldirishdi.

Filial Matbuot xizmati.