Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining 2022 yil  28 martdagi  02-170 son xatiga asos talaba-yoshlarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi va uning mazmun – mohiyati va muhim ahamiyatini yanada keng tushuntirish maqsadida 2022 yil 5 aprel kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami munosabati bilan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tadbir bo’lib o’tdi.

Dastlab, tadbir boshida O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha director o’rinbosari, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maxsetbay Aytimbetov tadbirni oshib berdi va u o’z so’zida davlatimiz siyosatida qonun ustuvorligi ta’minlanganligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlab barchani ulug’ ayyom – Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etishdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining deputati V.Qalenova, Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurorining ag’a yordamchisi A.Ergunisov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudyasi A.Abdikarimovlar so’zga chiqib Konstitutsiya-davlatimiz obro’sini belgilab bergan tarixiy hujjat sifatida muhim rol o’ynashini. Millatimizning g’ururi, tariximizni aks ettirgan muhim hujjat ekanligi haqida to’xtalib o’tdi.

Tadbirda filial rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Filial Matbuot xizmati.