Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filialimiz talabalari Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Qit’amizning eng kuchli polvonlarini jamlaydigan musobaqada O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Sport turlari» fakulteti «Erkin kurash» yo’nalishi 3-kurs talabasi 92 kg vaznda Ajiniyaz Saparniyazov va 1-kurs talabasi 76 kg vaznda Valentina Toreniyazovalar O’zbekiston terma jamoasi tarkibida 19-24-aprel kunlari Mo’g’uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo’yicha kattalar o’rtasida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Mo’g’uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritgan filiali talabalari A.Saparniyazov va V.Toreniyazovalarga jamoamiz va talabalar nomidan omad tilaymiz.

Filial Matbuot xizmati.