Filialda «Biznes-start» uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish hamda yoshlarning yangi g’oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi.

Ushbu Farmon va qarorning mazmun-mohiyatini O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talaba-yoshlariga tushuntirish maqsadida , Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi T.Aytmuratov ishtirokida «Biznes-start» uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv kechasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi T.Aytmuratov talaba-yoshlarga Farmonga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g’oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mablag’ ajratilganligini ma’lumot uchun ta’kidlab o’tdi.

Tadbir davomida yoshlarga biznes loyihalarini ishlash, biznesni tashkil etish bo’yicha tushuncha berdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savolga javob oldi.

Filial Matbuot xizmati.