Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

OTMga o’qishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

Quyidagi abiturientlar oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda imtiyozga ega:

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari (https://lex.uz/docs/3792247);

bitiruvchilar (https://lex.uz/docs/1399382#-1399863);

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari (https://lex.uz/docs/213812);

“xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g’oliblari bo’lgan Mard o’g’lon” davlat mukofoti sohiblari (https://lex.uz/docs/3418697);

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g’oliblari (https://lex.uz/docs/4368106#4373118);

tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g’oliblari (https://lex.uz/docs/3244181);

Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo’yicha respublika tanlovi g’oliblari (https://lex.uz/docs/4795687);

“Nihol” mukofoti sovrindorlari (https://lex.uz/docs/1039886);

O’zbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (https://lex.uz/docs/3409650) (pedagogika yo’nalishlariga);

to’liq davlat ta’minotidagi etim bolalar (https://lex.uz/docs/5569689);

Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo’lganlar (https://lex.uz/docs/4723315);

chet tilini bilish darajasi to’g’risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega (https://lex.uz/docs/3244181) abiturientlar;

harbiy qism qo’mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo’lganlar (https://lex.uz/docs/3244181);

ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari (https://lex.uz/docs/4322401).

Shuningdek:

Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o’qish davrini a’lo baholarga o’qigan bitiruvchilari (https://lex.uz/docs/3244181);

mutaxassisligi bo’yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar (https://t.me/huquqiyaxborot/11823);

ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (https://t.me/huquqiyaxborot/11751);

ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari (https://t.me/huquqiyaxborot/10792);

iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar (https://t.me/huquqiyaxborot/10665);

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari (https://t.me/huquqiyaxborot/9841).

Filial Matbuot xizmati.